Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliyada qariyb 100 yil ichida kenguru odamni o‘ldirdi

Avstraliyada qariyb 100 yil ichida kenguru odamni o‘ldirdi

Illyustrativ foto

G‘arbiy Avstraliya shtatilik 77 yoshli odam o‘z boquvidagi kenguru hujumi oqibatida bu dunyo bilan xayrlashdi.

Jonivor nega xo‘jayiniga hamla qilgani savol ostida.

Qariya shtat poytaxti Pertdan 400 km olisdagi Redmond shahri yaqinida istiqomat qilgan. Og‘ir jarohatlangan bu odamni birinchi bo‘lib qarindoshi ko‘rgan va tez yordam chaqirgan. Kenguru esa yetib kelgan shifokorlarning birinchi yordam ko‘rsatishiga qarshilik ko‘rsatgan. Oqibatda erkak voqea joyida vafot etdi, xaltali jonivorni esa politsiyachi otib tashladi.

Avstraliyada kengurularning odamlarga hujumi kamyob hodisa. Shu paytgacha birinchi va yagona qotillik 1936-yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda kenguru jag‘ini sindirib, boshini yorishi oqibatida 38 yoshli Uilyam Krukshenk olamdan o‘tgandi, deb yozmoqda The Sun.

«Yashil qit’a»da 50 mln atrofida kengurular bor. Avstraliya aholisi esa ikki baravar oz — 25 mln kishi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring