Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning bir qismini chiroqsiz qoldirgan avariya bartaraf etildi

O‘zbekistonning bir qismini chiroqsiz qoldirgan avariya bartaraf etildi

To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan issiqlik elektr stansiyasi favqulodda o‘chishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi energotizimida 750 mVt quvvat yo‘qotilgani xabar qilingandi.

Buning natijasida Namangan viloyatining ko‘plab hududlarida elektr energiyasida uzilish sodir bo‘lgan. Shuningdek, Farg‘ona vodiysi viloyatlari, Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida elektr energiyasi ta’minotida avtomatik ravishda cheklovlar kiritilgandi.

Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, avariyaga qarshi tezkor brigada tomonidan nosozlik yuzaga kelgan mazkur IESning 1 va 2-energobloklari to‘liq quvvatda ishlashi ta’minlandi. To‘raqo‘rg‘on IESda yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi. Stansiya to‘liq quvvatda ishlay boshlagani ma’lum qilindi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, iste’molchilar ehtiyojini ta’minlash uchun Taxiatosh IESning quvvati 280 megavatt bo‘lgan 1-energoblogi hamda Talimarjon IESning quvvati 450 megavatt bo‘lgan 2-energoblogi ham to‘liq quvvatda ishlashi ta’minlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring