Astronomlar: Yerga avtobus kattaligidagi asteroid yaqinlashmoqda

Illyustrativ surat.
Astronomlar Yerga ulkan «2018 DV1» asteroidi yaqinlashib kelayotgani haqida xabar berishdi.
«2018 DV1» asteroidining harakatlanish yo‘nalishini onlayn-translyasiya qilinadigan «The Virtual Telescope Project 2.0» loyihasi saytida e’lon qilinishicha, asteroid Yerdan 105 ming kilometr uzoqlikdan o‘tib ketadi. Uning diametri 5,6 — 12 metr atrofida.
Astronomlarning qayd etishicha, asteroidning bizning sayyoramiz bilan to‘qnashish ehtimoli yo‘q.
Birinchi bor «2018 DV1» asteroidini AQShning Arizona shtatida joylashgan «Maunt-Lemmon» observatoriyasi xodimlari qayd etgan, deb xabar beradi «RIA Novosti».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter