Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Asalhoney»ning qotilligida gumondor ushlandi

«Asalhoney»ning qotilligida gumondor ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Asalhoney» nomi bilan tanilgan Asal Xo‘jayeva o‘z uyida o‘ldirib ketilganligi haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, Asal Xo‘jayevaning o‘ldirilishi ishi doirasida bir shaxs gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 18 mart kuni Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasidagi uyda A.X.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgandi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring