Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asakadagi pichoqbozlik bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Asakadagi pichoqbozlik bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

2020-yilning 28-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Asakada pichoqbozlik» sarlavhasi ostida videotasvir tarqaldi. Mazkur holat Andijon viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yil 22-iyun kuni soat 10:00 larda Asaka tumani Beruniy MFY hududida joylashgan «Sulton Saroy» kafesi oldida tanish bo‘lgan bir qizga qo‘ng‘iroq qilganlik uchun o‘zaro janjal chiqqan. Janjal ishtirokchilaridan biri yonida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan raqibining o‘ng orqa ko‘krak sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat 22.06.2020-yilda Asaka tumani IIBning navbatchilik qismidagi jinoyat haqidagi hodisa va xabarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 2-shakl jurnalidan 422-raqam bilan qayd etilib, hodisa joyiga tuman IIB tergov-tezkor guruhi a’zolari chiqishib, voqea joyi ko‘zdan kechirilgan.

Ushbu holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida 22.06.2020-yilda fuqaro S.N.dan D.O.ga tan jarohati yetkazgan bir dona xo‘jalik pichog‘i hamda D.O.ning hodisa vaqtida egnida bo‘lgan ustki kiyimlari xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar S.N.dan D.O.lardan tushuntirish xatlari olinib, 23.06.2020-yilda fuqaro D.O.ni olgan tan jarohatini og‘irlik darajasini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Shuningdek, to‘plangan tergovga qadar tekshiruv materiallari bo‘yicha sudga oid tibbiy-kriminalistika va sudga oid biologiya ekspertizalari tayinlangan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring