Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asakada vahshiy qotillik: oila boshlig‘i o‘z xotini va qizini chavaqlab tashladi!

Asakada vahshiy qotillik: oila boshlig‘i o‘z xotini va qizini chavaqlab tashladi!

Foto: «pixabay.com»

Andijonning Asakasida qotillik ro‘y berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qilmoqda.

Kuni kecha, 16 dekabr tunda Asaka tuman, Kujgan mahallasida yashagan H.Abdurahmonov (1969 y.t., sudlanmagan, ishsiz) turmush o‘rtog‘i D.Abdurahmonova (1969 y.t., sudlanmagan, ishsiz) va qizi X.Habibullayevaning (2001 y.t. ishsiz) doimiy e’tirozlaridan charchab, ulardan o‘ch olishga qasd qiladi. Shu maqsadda turmush o‘rtog‘i uxlab yotganligidan foydalanib, uning ko‘krak (3 marotaba) va biqin qismiga (2 marotaba ) pichoq uradi. Natijada ayol voqea joyida vafot etadi. Shundan so‘ng   qizini go‘yoki kiyimlarini topib berish bahonasi bilan chaqirib, uning  ko‘krak (1 marotaba) va biqin qismiga (5 marotaba),  shuningdek, tanasining orqasiga 9 marotaba  pichoq uradi. Buning oqibatida qizning ham joni uziladi.

Holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan qasddan odam o‘ldirish ayblovi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 H.Abdurahmonov tegishli tartibda ushlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring