AQShning ikkita shahri tikanaklarga to‘lib ketdi
Kaliforniyaning Viktorvill va Yutaning Vest-Jordan shahri aholisi begona o‘tlar «yopirilishi» haqida xabar berishdi. «The Washington Post» nashrining yozishicha, o‘nlab uylar qushqo‘nmas (tikanli o‘tlar) bilan qoplangan.
Amerika shaharlarining maydonlariga dasht tomondan kuchli shamol keldi. Shamolning tezligi soatiga 110 kilometrga yetdi. Begona o‘tlarning ostida qolib ketgani bois odamlar qiyinchilik bilan uylaridan chiqishdi – quruq tikanaklardan hosil bo‘lgan tepaliklar ikki metrdan oshib ketdi.
Mahalliy rasmiylar ko‘chalarni tozalashga kirishib ketdi. Harakatlanishdagi noqulayliklardan tashqari, quruq tikanaklar yirik yong‘inga sabab bo‘lishidan ham xavotir olinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter