Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh chegarasida o‘zbekistonlik shaxs qo‘lga olindi

AQSh chegarasida o‘zbekistonlik shaxs qo‘lga olindi

O‘zbekiston Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan yuborilgan ma’lumotlar va tezkor harakatlariga ko‘ra, AQSh MMB xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldilar.

Nyu-York shahrida hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbir davomida Interpolning AQShdagi Milliy markaziy byurosi xodimlari ko‘magida qidiruvda bo‘lgan T.A. Nyu-Yorkdagi chegara nazorat punktidan o‘tayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

U O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasiga (Odam savdosi) asosan respublika huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan edi.

Bugungi kunda muzokaralar va O‘zbekistondagi Interpolning MMB hamda Samarqand viloyati IIB JQB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli qidiruvdagi shaxs qo‘lga olinib, O‘zbekistonga topshirildi va endi u qilmishlari uchun sudda javob berishga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring