Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Antarktidada «favqulodda jazirama» kuzatildi

Antarktidada «favqulodda jazirama» kuzatildi

Foto: «Pixabay»

«Konkordiya» tadqiqot stansiyasi olimlari Antarktika platosida joylashgan S gumbazida Selsiy bo‘yicha -11,5 daraja haroratni qayd etishdi.

Antarktida — Yerdagi eng sovuq joy.

Yilning bu pallasida platoda kun davomidagi harorat o‘rtacha -49 daraja sovuqni tashkil etardi, 38°C farqni o‘ziga xos Antarktida jaziramasi, deyish mumkin.

O‘ziga xos ushbu yangi harorat rekordi haqida «Berkeley Earth» tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi Robert Rode «Twitter»da yozdi.

Olim o‘ziga xos qiyoslash bilan misol keltirdi: 38 darajalik isish farqi agar hozir shundoq ham nisbatan iliq ob-havo kuzatilayotgan Vashington (+16 daraja)da ro‘y berganida, 28-mart sanasida bu poytaxt shaharda harorat +55 darajani tashkil etgan bo‘lardi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring