Angrendagi ayanchli hodisa yuzasidan tergov boshlandi
Angrenda sodir bo‘lgan ayanchli YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘lganligi haqida xabar berilgandi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya yozmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hodisa bugun Angren shahridan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining «Namangan-Toshkent» yo‘nalishida yuz bergan. Tergov departamenti xabariga ko‘ra, vafot etgan soni ayni damda yetti kishiga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter