Angrenda uka akasini pichoqladi, lekin jinoyatni yashirishdi

2018-yil 28-yanvar kuni Angren shahar ichki ishlar bo‘limiga markaziy shifoxonadan xabar tushdi. Xabarda shu kuni 20:30 larda tez tibbiy yordam avtomashinasida Angren shahrida yashovchi R.M. bel sohasining chap tomonidagi tan jarohati bilan olib kelinib, yotqizilgani ma’lum qilingan.
Jabrlanuvchi R.M. bilan olib borilgan birlamchi tergovoldi tekshiruv harakatlari davomida u 28-yanvar kuni soat 20:00 larda, chiqindixonaning oldidan o‘tib ketayotgan vaqtida ehtiyotsizligi tufayli oyog‘i sirpanib ketib, yiqilgan va tan jarohati olganini ma’lum qilgan.
Ushbu holat yuzasidan Angren shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovoldi tekshiruv harakatlari davomida voqea aslida qanday bo‘lgani aniqlangan. Ya’ni, 2018-yil 28-yanvar kuni soat 20:30 larda R.M.ning ukasi uning oldiga kelgan, ular o‘zaro janjallashib qolishgan. Voqea esa uka akasini pichoqlab qo‘yishi bilan yakun topgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter