Angrenda maktab o‘quvchilarining mushtlashuvi og‘ir oqibat keltirib chiqardi
2021-yilning 9-mart kuni soat 11:00 larda voyaga yetmagan 10-sinf o‘quvchisi 16 yoshli Akmal N. Toshkent viloyati, Angren shahrida joylashgan o‘rta ta’lim maktab hududida 11-sinf o‘quvchisi 17 yoshli Oybek A. bilan janjallashib qoladi.
Bir-biriga kim zo‘rligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lib, Akmal N. Oybek A.ning jag‘ qismiga mushti bilan urgani oqibatida yerga yiqilib, bosh miya yopiq sinishi, ensa suyak sinishi kabi jarohatlar olgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan Akmal N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter