Andijondagi hayvonot bog‘ida ishchi ayiqlar hujumidan halok bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi hayvonot bog‘ida ayiqlar zoopark ishchisiga hujum qilishi oqibatda fuqaro vafot etgani xabar tarqaldi.
«Daryo» xabariga ko‘ra, hayvonot bog‘i mas’ullari voqeani tasdiqlab, ishchi xavfsizlik qoidalariga amal qilmaganini, oqibatda fojiali voqea ro‘y berganini aytishgan.
Voqea 2023-yil 3-yanvar kuni soat 16:00 larda Xo‘jaobod tumani «Mustaqillikning 27 yilligi» MFY hududida joylashgan «Andijon hayvonot» bog‘ida sodir bo‘lgan.
«Ishchi A.G ayiqqa ovqat berish maqsadida uning qafasiga kirgan vaqtida, ayiq unga tashlanib, bo‘yin qismidan tishlab olgan. Oqibatda ishchi og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan», — deyiladi Andijon viloyati IIB axborotida.
Halok bo‘lgan ishchining qizi hodisa bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chora ko‘rilmayotgani, ushbu hayvonot bog‘ida bu birinchi o‘lim emasligini ta’kidlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter