Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda uch nafar talaba halok bo‘ldi

Andijonda uch nafar talaba halok bo‘ldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 21 sentyabr kuni Andijon shahri, Bog‘ishamol dahasida bo‘lgan ayanchli avariya oqibatida «Treker» ichida bo‘lgan 3 nafar talaba (Andijon davlat tibbiyot institutida o‘qishgan) halok bo‘lganligi haqida xabarlar  tarqalgan.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hodisa oqibatida 3 nafar shaxs vafot etgan va 1 nafari tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 22 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Andijon tuman IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring