Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda tom ustida uchrashgan yigit va qiz videosiga izoh berildi

Andijonda tom ustida uchrashgan yigit va qiz videosiga izoh berildi

Videodan kadrlar

Ijtimoiy tarmoqlar orqali «Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani Yangi mashina bozor oldidagi do‘mni ustidan ikki yosh o‘zini tashlamoqchi bo‘lgani aytilmoqda» sarlavhasi bilan video e’lon qilindi.

Ushbu holat Andijon viloyati IIB tomonidan o‘rganilgan va quyidagilar aniqlangan.

20 may kuni soat 17:20lar chamasida Xo‘jaobod tumani Mustaqillikning 30 yilligi MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uyda yashovchi «X» ismli shaxs «M» ismli shaxs bilan birga atrofni tomosha qilish maqsadida ko‘p qavatli uyning tom qismida o‘tirishgan paytida shu hududda yashovchi fuqarolar go‘yoki ularni tomdan o‘zlarini tashlab yuborish niyatida chiqqan deb ko‘rsatish maqsadida video tasvirga olishgan.

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIBning 102 ishonch raqamiga murojaat kelib tushgan va mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB mas’ul xodimlari voqea joyiga borib, holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borishgan.

«Mustaqillikning 30 yilligi MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uyda yashovchi «X» va «M» ismli shaxslar o‘z tushuntirish xatida u yerga ikkisi xam atrofni tomosha qilib, o‘zaro gaplashib o‘tirishganligini ma’lum qildi va ko‘p qavatli uyning tom qismidan o‘zlarini tashlab yuborish niyati yo‘qligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan fuqarolar «X» va «M»lar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilib, profilaktik ishlar amalga oshirildi. Kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari haqida ogohlantirildi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring