Andijonda erkak xotiniga pichoq bilan jarohat yetkazdi, ayol vafot etdi

2019-yil 18-iyulda Andijon viloyatining Marhamat tumanida yashovchi 55 yoshli A.S. mast holda uyida rafiqasi 47 yoshli M.S.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, M.S. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.S. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter