Alisher Sultonov Mingbuloqdan chiqqan neftni yuziga surtib nishonladi (video)
Namangan viloyatidagi Mingbuloq neft konini o‘zlashtirish bo‘yicha investitsiya loyihasiga asosan sinov tariqasida birinchi neft qazib olingani haqida xabar bergandik.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu jarayonga oid video tarqaldi. Unda bir guruh mutaxassislar, jumladan O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov Mingbuloqdan qazib olingan neftni yuzlariga surtib xursandchilik qilishayotganini ko‘rish mumkin.
Ekspertlarning fikricha, Mingbuloq koni bir necha sabablarga ko‘ra, murakkab loyiha sanaladi. Konni o‘zlashtirish: katta chuqurlik (6000 m va undan yuqori); yuqori rezervuar bosim (115 MPa dan ortiq) va rezervuar harorat (168°S dan ortiq) va kabi omillarga shular jumlasidandir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter