Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ag‘darilgan «Epika» haydovchisi qochib ketdi

Ag‘darilgan «Epika» haydovchisi qochib ketdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

2022-yil 8-mart kuni soat 23:30 larda Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tuman Amir Temur ko‘chasida «Spark» va «Epika» rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, fuqaro F.M.ga tegishli bo‘lgan «Epika» rusumli avtotransport vositasi hozirda shaxsi no‘malum haydovchi boshqaruvida yuqori tezlikda yo‘lning qatnov qismi chetida turgan Q.U.ga tegishli bo‘lgan «Spark» rusumli avtotransport vositasiga borib urilgan. So‘ng boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan «Epika» rusumli transport vositasi haydovchisi ketib qolgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring