Afg‘onistondagi qurolli hujumda yaralangan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berildi
20 avgust kuni Mozori-Sharif shahri yaqinidagi temir yo‘l qo‘riqchilariga hujum uyushtirilishi oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik jarohatlangan, ikki nafar afg‘onistonlik halok bo‘lgandi.
Hujum oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonlik – «So‘g‘diyona trans» korxonasining koordinatsiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Termiz shahridagi kasalxonaga yetkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, «So‘g‘diyona trans» korxonasi ishchi-xodimlarini ish joyiga olib ketish uchun kelgan mas’ullar Hayraton ishchilar yashash bazasidan chiqishganda hujumga uchragan.
Sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz voqea oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter