Afg‘onistonda portlash sodir bo‘ldi
Afg‘oniston g‘arbidagi Nangarhor viloyati Hasaki Mina tumanida yo‘l chetiga joylashtirilgan bombaning portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Anadolu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Nangarhor viloyati hokimligi mutasaddisi Atoulloh Hogyaniyning ma’lum qilishicha, Hasaki Mina tumanida yo‘l chetiga joylashtirilgan bomba mashinalar o‘tayotgan paytda portlagan.
Voqea tufayli jarohatlangan 14 kishidan ayrimlarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Ular orasida yosh bolalar ham bor.
Portlashni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter