92 yoshli ayol o‘z o‘g‘lini otib tashladi
AQShning Arizona shtatida yashovchi 92 yoshli Anna Blessing o‘z o‘g‘lini otib tashladi. Bunga o‘g‘ilning onani qariyalar uyiga jo‘natmoqchi ekani sabab bo‘lgan. «Fox News» xabar berishicha, o‘g‘lining niyatini bilgan ona bir necha kungacha tushkun kayfiyatda yurgan.
Voqea dushanba, 2-iyul kuni sodir bo‘lgan. Ona o‘g‘liga to‘pponchadan o‘q uzganidan so‘ng uning sherigi — ayolni nishonga olgan. Biroq ayol chaqqonlik qilib kampirning qo‘lidagi qurolni olib qo‘ygan.
Politsiyani jon saqlab qolgan ayol chaqirgan. Anna Blessing shu zahoti qo‘lga olindi. Unga nisbatan birinchi darajali qotillik, og‘irlashtiruvchi holatlarda bosqinchilik va o‘g‘rilik kabi ayblovlar qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter