Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Falcon 9» raketasi ionosferada 900 kilometrli tuynuk hosil qildi

«Falcon 9» raketasi ionosferada 900 kilometrli tuynuk hosil qildi

Foto: «NV.ua»

«SpaceX» kompaniyasiga tegishli «Falcon 9» raketasi «Formosat-5» sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqish vaqtida Yerning ionosfera qatlamida diametri 900 kilometrli tuynuk hosil qilgan, deb xabar berdi «Hi-News».

Raketa start amalga oshirilganidan 5 daqiqa o‘tib, 300 kilometr balandlikka ko‘tarilgan. U deyarli vertikal holatda uchgan, bu esa eng katta zarba aylana to‘lqinlarini yuzaga keltirgan.

Yerning ionosfera qatlamida zarba natijasida hosil bo‘lgan tuynuk oradan taketa-tashuvchi uchirilganidan 13 daqiqa o‘tib paydo bo‘lgan. Uning paydo bo‘lishi oqibatida AQShning g‘arbiy hududlarida, shuningdek, Tinch okeanining umumiy maydoni 1,8 million kilometrga teng hududlaridagi navigatsion tizimlar ishida nosozliklar kuzatilgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, mazkur hodisa bir necha soat davomida saqlanib qolgan.

Ta’sirning bir necha soat davom etishi mahalliy magnit maydonining buzilishi bilan taqqoslangandi. Odatda raketa uchirilganida birmuncha vaqt o‘tgach, 80—100 kilometr balandlikda sayyora yuzasiga nisbatan deyarli parallel harakatlanadi. «Falcon 9»ning 300 kilometr balandlikka chiqishiga «Formosat-5» sun’iy yo‘ldoshining unchalik og‘ir bo‘lmaganligi (475 kilogramm) yordam bergan.

Eslatib o‘tamiz, Tayvanning «Formosat-5» sun’iy yo‘ldoshi 2017-yilning avgustida «Falcon 9» raketasi yordamida uchirilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring