Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«SpaceX» global internetni tarqatishga mo‘ljallangan ikkita sun’iy yo‘ldoshini kosmosga muvaffaqiyatli uchirdi (video)

«SpaceX» global internetni tarqatishga mo‘ljallangan ikkita sun’iy yo‘ldoshini kosmosga muvaffaqiyatli uchirdi (video)

«SpaceX» kompaniyasi «Falcon 9» eltuvchi raketalarini uchirdi.

Foto: «Hi-News»

«SpaceX» kompaniyasi 22-fevral kuni «Falcon 9» eltuvchi raketalarini Ispaniyaning «Hisdesat» kompaniyasiga tegishli «PAZ» sun’iy yo‘ldoshi bilan birga uchirdi. Bundan tashqari raketa bortida «global internet»ni tarqatishga mo‘ljallangan «Microsat 2a» va «2b» sun’iy yo‘ldoshlari ham mavjud, deb xabar berdi «Hi-News».

«Starlink» loyihasi doirasida «internet uchun» orbitaga olib chiqilgan sun’iy yo‘ldoshlar tajribadan o‘tkaziladi. Loyihaning yakuniy maqsadi Yerning uzoq hududlaridagi o‘n millionlab kishilarga internet aloqasini ta’minlash hisoblanadi. Buning uchun mazkur apparatdan bir necha mingta kerak bo‘ladi.

«Tintin 1» va «2» nomini olgan sun’iy yo‘ldoshlar Yerga sinov signallarini yuborishga ham ulgurdi. Maskning aytishicha, sun’iy yo‘ldoshlar bir sutkadan keyin Los-Anjeles ustidan uchib o‘tayotib «Hello World» deya «salomlashishi» ham kerak.

Mazkur parvoz bunga qadar bir necha marta qoldirilgan edi. «Falcon 9»ning birinchi ustuni allaqachon kosmosga parvoz uchun qo‘llangan.

«PAZ» sun’iy yo‘ldoshi Yevropaning «Airbus» konsorpsiumi tomonidan yaratilgan. Apparat kartografiya, atrof-muhit monitoringi, suv, yer va o‘rmon resurslari holatini baholash uchun mo‘ljallangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring