9 yoshli qizchani o‘z uyini o‘marishga majburlashdi

Illyustrativ surat
Sodir etilgan jinoyat yuzasidan olib borilgan tergov-surishtiruv ishlari natijasida 29 yoshli S.T.ning yana boshqa vaziyatda firibgarlik ishiga aloqasi borligi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2017-yilning 21-noyabr kuni soat taxminan 11:00da S.T. aldov yo‘li bilan Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi to‘qqiz yoshli B.F.ni o‘z uyidan tilla buyumlarni olib chiqib berishga majbur qilgan.
Keltirilgan umumiy zarar miqdori 5 million so‘mni tashkil etgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter