Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«9 yoshli bolani keksa ayol qorong‘u joyga olib borgani» haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi

«9 yoshli bolani keksa ayol qorong‘u joyga olib borgani» haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 9 yoshli bolani keksa ayol qorong‘u joyga olib borgani va bola undan qo‘rqib qochib ketgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB mazkur xabar yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida aniqlangan holatni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 17 fevral kuni taxminan soat 20.00 larda 2013 yilda tug‘ilgan A.A. futbol mashg‘ulotidan so‘ng Yakkasaroy tumanida joylashgan uyiga qaytayotgan vaqtida keksa yoshdagi ayol qo‘lidagi xaltalarni ko‘tarishda yordam berishini so‘ragan.

Voyaga yetmagan A.A. keksa ayolga xaltalarini ko‘tarishda yordamlashib, 71-uyning oldiga borganida noma’lum erkak kishini ko‘rib qolgan.

Voyaga yetmagan A.A. qorong‘u bo‘lib qolganligi sababli uyga ketishini bildirib, qo‘lidagi xaltalarni yerga qo‘yib, uyi tomon yugurib ketgan.

Keksa ayol va noma’lum erkak tomonidan voyaga yetmagan A.A.ga nisbatan hech qanday noqonuniy harakatlar sodir etilmaganligi ma’lum bo‘ldi, deyiladi IIBB xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda voyaga yetmagan A.A. ota-onasi bilan birga sog‘-salomat holatda. Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring