Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

755 ming dollarni chetga olib chiqib ketganlar aniqlandi

755 ming dollarni chetga olib chiqib ketganlar aniqlandi

Foto: Xabar.uz

755 ming AQSh dollarini chetga noqonuniy olib chiqib, 3,7 mlrd so‘m subsidiya mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi.
 
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

«B.E.» MChJ mas’ul shaxslari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilib, MChJning eksport mahsulotlarini tashishda transport xizmatlari mahalliy transport korxonalari tomonidan ko‘rsatgan bo‘lsada, «E.I.» xorijiy korxonasi bilan transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzishga erishib, ushbu korxonaga 755 ming AQSh dollari o‘tkazib, kapitalni chetga noqonuniy olib chiqqanliklari, shuningdek xalqaro transport yuk xatlarini soxtalashtirish yo‘li bilan jami 3,7 mlrd so‘m subsidiya mablag‘larini olishga erishib, ushbu mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring