602-«Moskva—Toshkent» aviareysi parvozi paytida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Rossiya poytaxtining «Vnukovo» aeroportidan Toshkentga yo‘l olgan (602-reys) «O‘zbekiston havo yo‘llari»ga qarashli «Boing» samolyoti parvozidan bir yarim soat o‘tib, ortga qaytishga majbur bo‘ldi. Bunga yo‘lovchilardan birining to‘satdan vafot etgani sabab bo‘ldi.
Voqeaga guvoh bo‘lgan manbamizning aytishicha, havo kemasiga chiqqan paytidayoq yo‘lovchining ahvoli yaxshi bo‘lmagan. Samolyot osmonga ko‘tarilganidan so‘ng esa battar og‘irlashgan, ko‘rsatilgan yordamlarga qaramay omonatini topshirgan. Shundan so‘ng ekipaj komandiri samolyotni «Vnukovo»ga qaytarish haqida buyruq berishga majbur bo‘lgan.
Aytishlaricha, vafot etgan yo‘lovchining yoshi ellikda bo‘lib, rafiqasi hamrohligida yo‘lga chiqqan ekan...
Parvoz paytidagi mazkur voqelik sabab samolyot Toshkentga belgilangan vaqtidan olti soat kechikib qo‘ndi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter