53 bosh qo‘yning go‘shtini «uxlatib» ketgan gumonlanuvchi ushlandi
2016-yilning 31-oktabr kuni 1988-yilda tug‘ilgan, hech qayerda ishlamaydigan, Toshkent shahrida yashovchi U.X. jinoyatga qo‘l urdi.
U 1983-yilda tug‘ilgan, xuddi o‘zidek biron kasbning boshini tutmagan Qashqadaryo viloyatida yashovchi R.D.ning ishonchiga kirib, uni aldab, «10 kun ichida pulini qilib beraman» deb firibgarlik yo‘li bilan jami narxi 25 800 000 so‘mlik 53 bosh qo‘yning go‘shtini olib, voqea joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi U.X. ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter