«To‘rt kishining ahvoli og‘ir» — Nukusda yong‘in sodir bo‘ldi
Bugun, 31-yanvar kuni Nukus tumani, «Oqterak» hududida joylashgan 2 qavatli uyda gaz portlashi va yong‘in sodir bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, hodisa joyiga Nukus tuman tibbiyot birlashmasi «Tez yordam» bo‘limi shifokorlari yetib borib, jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan.
Qayd etilishicha, portlash va yong‘in sodir bo‘lgan xonadonda yashagan fuqarolarning 4 nafari og‘ir ahvolda. Ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi tez tibbiy yordam markaziga olib kelingan.
Hozirda bemorlar shifokorlar nazoratida.
Eslatib o‘tamiz, 29-yanvardan 30-yanvarga o‘tar kechasi Nukusdagi uylardan birida kuchli portlash yuz bergandi. Hodisa oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, hodisa joyida FVV qutqaruvchilari tomonidan turli darajadagi jarohatlar bilan vayronalar ostida qolib ketgan 5 yoshli qizaloq chiqarib olinib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter