38 ming dollarlik «Koreya orzusi» barbod bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, fuqaro I.K. (muqaddam sudlangan) 3 nafar fuqaroni 38 000 AQSh dollari evaziga go‘yoki Koreya davlati elchixonasida ishlovchi tanishlari orqali ushbu davlatga ishga yuborishini va’da qilib, oldindan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.F. fuqaro M.A.ni tanishlari yordamida 3 500 AQSh dollari evaziga Latviya Respublikasiga ishga yuborishini aytib, shundan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlar qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter