Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

31 nafar fuqaroni 42 000 AQSh dollarga tushirganlar aniqlandi

31 nafar fuqaroni 42 000 AQSh dollarga tushirganlar aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi  xodimlari «UzAutoMotors» AJga ishga kiritib qo‘yish va’dasi bilan 31 nafar fuqaroni jami 42 ming AQSh dollariga «uxlatgan»larni aniqladi. Bu haqda «Xabar.uz»ga mahkama matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tergovga qadar tekshirish ishlari korxona rahabariyati murojaati asosan o‘tkazilgan. Aniqlandiki, «U-C» qo‘shma korxonasi AJ qo‘riqlash xizmati boshlig‘i A.Yu. va korxona haydovchisi J.A. va boshqalar oldindan til biriktirib,  shu-uncha odamdan pul olib, o‘zlarini laqqilatib kelayotgan ekan.

Holat yuzasidan A.Yu. va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring