Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 22 yoshli qizni Hindistonga fohishalikka «sotmoqchi» bo‘lgan ayollar ushlandi

Toshkentda 22 yoshli qizni Hindistonga fohishalikka «sotmoqchi» bo‘lgan ayollar ushlandi

Foto: «Sputnik»

2018-yil 20-yanvar kuni soat 07.00 da Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Toshkent viloyat IIB va O‘zbekiston Respublikasi MXX Toshkent viloyat boshqarmasi xodimlari tezkor tadbir o‘tkazishdi.

O‘z muxbirimizning xabar berishicha, tezkor tadbir davomida Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turib, Qibray tumanida vaqtincha yashovchi uy bekasi, 1989-yilda tug‘ilgan M.A. o‘zining sherigi, Toshkent shahrida yashovchi, uy bekasi, 1981-yilda tug‘ilgan Sh.Yu. bilan oldindan tayyorlab qo‘yilgan viza va chipta asosida oldindan kelishib, Qibray tumanida yashovchi, uy bekasi, 1995-yilda tug‘ilgan, M.S.ni aeroport orqali Hindistonning Dehli shahridagi «Dilfuza» ismli shaxs yoniga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yollab, jo‘natib yuborayotgan vaqtlarida ushlanganlar.

Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan M.A., Sh.Yu. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «ye,z» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring