Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023 yilning birinchi kuni Samarqandda ikkita uy yonib ketdi

2023 yilning birinchi kuni Samarqandda ikkita uy yonib ketdi

Kecha, 1 yanvar kuni Samarqand shahrida ikkita uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Holat bo‘yicha viloyat FVB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 1 yanvar kuni soat 17:34 da Samarqand shahri «Bek» MFY, Bobur ko‘chasidagi xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipajilar jalb etilgan. Yong‘inga soat 17:44 da yetib borgan va soat 18:55 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida 2 ta xonadonning taxminan 200 m.kv maydonda shift va tom qismi hamda uy jihozlari yonib, zararlangan.

Yong‘indan xonadonlarning taxminan 80 kv.m maydoni saqlab qolindi. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring