2017-yilning eng yirik halokatlari, tabiiy ofatlari, teraktlari...

Londonda yuz bergan teraktda ham sakkiz kishi halok bo‘ldi.
Teraktlar
1-yanvar — Turkiyaning Istanbul shahridagi «Reina» klubida terrorchi Abdulqodir Masharipovning qurolli hujum uyushtirishi va ishtirokchilarni o‘qqa tutishi oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi, 69 kishi turli jarohati oldi.
10-yanvar — Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi parlament binosida yuz bergan terakt natijasida 50 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 45 kishi jarohat oldi.
3-aprel — Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri metropolitenida yuz bergan terakt natijasida 16 kishi halok bo‘ldi. 87 kishi turli darajada tan jarohati oldi. Terakt Qirg‘iziston fuqarosi Akbar Jalilov tomonidan sodir etilgan.
4-aprel — Suriyaning Idlib viloyatiga qarashli Xon-Shayxun shahrida kimyoviy qurollardan foylanish oqibatida 74 kishi hayotdan ko‘z yumdi. 557 kishi jarohatlandi.
7-aprelda ushbu mamlakatning Xoms viloyatida «ash-Shayrat» aviabazasiga uyushtirilgan havo zarbalari natijasida ham ko‘plab mahalliy aholi vakillari halok bo‘ldi.
22-may — Buyuk Britaniyaning Manchester shahridagi «Manchester arena» stadionida xudkush terrorchi o‘zini portlatishi natijasida yuz bergan teraktda 23 kishi qurbon bo‘ldi, 120 kishi yaralandi.
2-iyun — Londonda yuz bergan teraktda ham sakkiz kishi halok bo‘ldi.
7-iyun — Eron poytaxti Tehronda parlament binosi va Humayniy maqbarasida yuz bergan terrorchilik xuruji 12 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 42 kishi yaralandi. Mazkur hujum uchun javobgarlikni «Islom davlati» o‘z zimmasiga oldi.
17-avgust — Ispaniyaning Barselona va Kambrilse shaharlarida xudkush-terrorchi tomonidan sodir etilgan teraktlar natijasida 16 kishi halok bo‘ldi, 120 kishi jarohat oldi.
14-oktabr — Somali poytaxti Mogadisho shahrida yilning eng qonli teraktlaridan biri yuz berdi. Natijada 350 kishi halok bo‘ldi.
31-oktabr — AQShning Nyu-York shahri Manhetten tumanida o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov ijaraga olgan avtomashina bilan velosipedlar yo‘lkasida ketayotganlarni bosib tashlagan. Natijada sakkiz kishi halok bo‘lgan. Terakt bo‘yicha javobgarlikni «Islom davlati» o‘z zimmasiga olgan.
24-noyabr — Misr shimolidagi Bir al-Abid shahrida joylashgan so‘fiylar masjidida yuz bergan terakt oqibatida 235 kishi halok bo‘ldi.
27-dekabr — Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi «Perekrestok» do‘konida yuz bergan portlash sababli 13 kishi jarohatlandi. Voqea terakt sifatida baholandi.
28-dekabr — Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida, «Afg‘on ovozi» axborot agentligi va shialar madaniyat markaziga uyushtirilgan qurolli hujum 40 nafar insonning umriga zomin bo‘ldi. Javobgarlikni «Islom davlati» o‘z zimmasiga oldi.
Tabiiy ofatlar
18-yanvar — Italiyaning Latsio, Abrutssi va Marke viloyatlarida bir necha soat davomida 5,7 magnitudali zilzila qayd etildi. Mazkur zilzila natijasida Abrutssi viloyatining «Rigopyano» mehmonxonasi qor ko‘chkisi ostida qoldi va 29 kishi qurbon bo‘ldi.
7-fevral — AQShning Kaliforniya shtatida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik natijasida mamlakatdagi eng yirik hisoblangan Orovill ko‘lidagi to‘g‘on buzila boshladi. 200 mingdan ortiq aholining hayoti xavf ostida qoldi. Shu bois hudud aholisi to‘liq evakuatsiya qilindi.
28-may — Shri-Lankaning tog‘li hududlarida suv toshqinlari va yer ko‘chkilari yuz berdi. Natijada 177 kishi halok bo‘ldi, 109 kishi bedarak yo‘qoldi.
29-may — Rossiyada, Moskva va Podmoskoveda yuz bergan bo‘ron natijasida 18 kishi halok bo‘ldi, 170 kishi yaralandi.
17-24-iyun kunlari Portugaliyaning Pedrogan-Grande o‘rmonlarida yuz bergan yong‘inlar oqibatida 64 kishi halok bo‘ldi.
14-iyun — Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida joylashgan «Grenfell Tower» binosida chiqqan yirik yong‘in oqibatida 79 kishi hayot bilan vidolashdi. Yong‘in sabablari haligacha aniq ma’lum qilinmagan.
19-sentabr — Meksikaning Puebla-de-Saragosa shahridan 49 km. janubi-g‘arb tomonda, poytaxt Mexikodan 100 km. masofada 7,1 magnitudali yer qimirlashi qayd etildi. 370 kishi halok bo‘ldi, 6000 dan ortiq kishi jarohat olishdi.
Halokatlar
16-yanvar — Qirg‘izistonning Bishkek shahri yaqinida, Dacha-Suu posyolkasida «Boeing-747» samolyoti qulab tushdi. Natijada 37 kishi halok bo‘ldi. Ularning 34 nafari mahalliy aholi vakillari edi.
12-fevral — Rossiyaning Oltoy o‘lkasiga qarashli Turochak tumanida «Robinzon R 66-5» vertolyoti halokatga uchradi. Uning bortida bo‘lgan 5 nafar kishi, ekipaj a’zolari va Oltoy o‘lkasi hukumati rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari Anatoliy Bannix halok bo‘ldi.
20-mart — Janubiy Sudanning Juba shahrida ko‘tarilgan An-26 samolyoti Vau shahri aeroportiga qo‘nish chog‘ida yonib ketdi. Samolyot bortida bo‘lgan 37 kishi turli darajada tan jarohati olishdi.
29-aprel — Kubada An-26 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 39 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari halok bo‘lishdi.
7-iyun — Myanmaning Mey shahridan Yangon tomonga parvoz qilayotgan «Shaanxi Y 8F-200 BBC» samolyoti yarim soatdan so‘ng Andaman dengiziga qulab tushdi. 122 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi.
6-oktabr — Rossiyaning Vladimir oblastida yo‘lovchi avtobusining poyezd bilan to‘nashuvi oqibatida 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlarning jasadlari O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan maxsus samolyotda yurtimizga keltirildi.
26-dekabr — Moskvaning «Lasvyanskiy bulvar» metro bekati yaqinida yuz bergan YTH oqibatida 5 kishi, jumladan, yosh bola ham halok bo‘ldi. 11 kishi yaralandi. Avtohalokat haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sababli avtobus metroning kiraverish qismiga tushib ketgani oqibatida yuz bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter