200 ming o‘rniga 2 million. Chirchiqda pensioner ayolni aldab ketishdi
Joriy yilning 12-fevral kuni Chirchiq shahar prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, 2017-yilning 28-oktabr kuni Chirchiq shahrida yashovchi nafaqaho‘r M.Sh.A. (1954 yilda tug‘ilgan) firibgarlikka duch kelgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, pensioner ayol Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati xodimi A.O.A. (1957-yilda tug‘ilgan) orqali bajargan ishi uchun yollanma ishchi B.B.A.ga (1971-yilda tug‘ilgan) 200 000 so‘m yechib olish uchun o‘zining plastik kartasini bergan. B.B.A. pensioner M.Sh.A.ning plastik kartasidan 200 000 so‘m yechib olish o‘rniga hisobida mavjud bo‘lgan jami 2 703 500 so‘m pullarini o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Hozir unga nisbatan Chirchiq shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter