Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15 yoshli bola IIO xodimlarini «mot qildi». Qo‘pollik qilgan xodimlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi

15 yoshli bola IIO xodimlarini «mot qildi». Qo‘pollik qilgan xodimlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxs bilan IIO xodimi o‘rtasidagi og‘zaki mojaro aks etgan video tarqaldi va turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 dekabr kuni taxminan soat 14.30 larda voyaga yetmagan 2007 yilda tug‘ilgan Yu.S. «102» raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Bektemir tumanidagi savdo majmualaridan birida qandolat mahsulotlari xodimlari bilan o‘zaro janjal yuzaga kelgani haqida xabar bergan. Mazkur xabar yuzasidan yetib kelgan tuman IIO FMB PPX xodimlari voyaga yetmagan Yu.S.ga nisbatan qo‘pollik qilgan.

«Toshkent shahar IIBB rahbariyati fuqarolarga nisbatan xodimlar tomonidan qo‘pol muomalada bo‘lish holatlarini qoralaydi. Videodagi holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruv tayinlandi, qisqa muddat ichida xizmat tekshiruvi yakunlanib, aybdor xodimlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishi ta’minlanadi», deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring