Toshkentda 14 yoshli qiz selfi qilaman deb uchinchi qavatdan tushib ketdi
Kecha, 9 fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi, 14 yoshli maktab o‘quvchisi F.T. (qiz) 3-qavatda joylashgan uyining derazasidan pastga tushib ketgan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, u oyna oldida mobil telefoni orqali o‘zini rasmga (selfi) tushirayotgan vaqtida ehtiyotsizlik qilgan.
Natijada F.T. jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter