12 metrlik chuqurlikda qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Mazkur hodisa joriy yilning 17-noyabr kuni Farg‘ona viloyatida qurilayotgan avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridan birida sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shoxobcha uchun qazilgan 12 metrlik chuqurda ishlayotgan ishchi-xodim keyinchalik u yerdan chiqa olmagan.
Voqeaga guvoh bo‘lganlar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhini yordamga chaqirishgan. Qutqaruvchilar ishchini chuqurlik ichidan olib chiqishgan. Fuqaroga hech qanday tan jarohati yetmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter