Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

11 dona baliq 3,5 mln. so‘mga tushdi

11 dona baliq 3,5 mln. so‘mga tushdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlari Sho‘manoy tumani hududidagi oqib o‘tuvchi suvdan noqonuniy baliq ovlayotgan brakonerlarni qo‘lga tushirdi. Bu haqda qo‘mitaning jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limiga tayanib O‘zA xabar berdi.

Fuqaro T.J. 6 dona sazan, 4 dona oq amur, 1 dona tolstolob baliqlarini noqonuniy ovlab, hayvonot olamiga 3 mln. 568 ming so‘m ziyon yetkazgan. Hozirda to‘plangan hujjatlar Sho‘manoy tumani Ma’muriy ishlar Sudiga taqdim qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring