Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qorboboning shaxsni tasdiqlovchi hujjati bormi? Litsenziyasichi?

Qorboboning shaxsni tasdiqlovchi hujjati bormi? Litsenziyasichi?

Qorbobo kim o‘zi, shaxsini tasdiqlovchi hujjati bormi?

Chet el fuqarosi bo‘lsa, qayerda to‘xtaydi, viloyatdan bo‘lsa ro‘yxatdan o‘tganmi?

Qorbobolik qilish uchun bir martalik litsenziya olganmi?

Bug‘ularni aravaga ulab, kamiga shimol jonivorida butun dunyoni aylanish ekspluatatsiya emasmi, ekologiyadan hamda hayvonlarni himoya qilish tashkilotlaridan ruxsat olganmi?

Ichib shturvalga o‘tirmasligi uchun parvozoldi tekshiriladimi, yo‘lda mazasi qochsa, yordamchi uchuvchi bormi?

Havoda uchish uchun fuqarolik aviatsiyasidan ruxsat olganmi?

Chegaradan olib o‘tayotgan sovg‘alari qayerda ishlab chiqarilgan, sifat tekshiruvidan o‘tganmi, bojxonada “rastarmojka” qilinganmi? (JK 154-modda)

Yonidagi qiz voyaga yetganmi, qarindoshligini tasdiqlaydigan hujjati bormi, asosiysi o‘z xohishi bilan qo‘shildimi? (JK 118-modda)

Uyga tomdan kirishga oldindan xonadon egasi bilan kelishganmi (JK 164 modda)

Uyga kirganda tarbiya yuzasidan faqat ayollar bo‘lsa, o‘sha zahoti tark etadimi?

Yosh bolalarni aldab, umidini so‘ndirgani uchun ma’naviy zarar qoplanadimi? (JK 168 modda)

Ko‘rsatilgan xizmat xaqqi uchun kartadan yoki perechisleniya orqali to‘lov qilsa bo‘ladimi, chek beradi, deklaratsiya to‘ldiradimi? (JK 184-modda)

Soqol, shapkani ostida jinoyatchi harakatlanmayotgani va u gigiyenaga javob berishiga xavfsizlik idoralari kuzatuvidami?

Qorbobo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlarini ishlab chiqib, ancha foyda qilsak bo‘lar ekan, shuni ham o‘ylab ko‘rish kerakmi?

Ertak qahramoni bo‘lsa tushunarli, agar haqiqiy bo‘lsa bizning qonunchiligimiz talablarga javob berish kerak...

Aks holda qorboboni sudga beraman...

Hojiakbar Rajabov

Manba: azon.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring