Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turmada o‘tirgan sobiq prezident ikkita haqiqatni aytdi

Turmada o‘tirgan sobiq prezident ikkita haqiqatni aytdi

Foto: «RIA Novosti»

Braziliyaning korrupsiyada ayblanib 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva «TVT» telekanaliga bergan intervyusida mamlakat terma jamoasining JCh-2018 dagi o‘yinidan noroziligini bildirdi. Bu haqda «Life.ru» xabar bergan.

— To‘g‘risini aytsam, biz yaxshi o‘ynamadik, raqib esa nima qilishi kerak bo‘lsa, buni oshig‘i bilan uddaladi, — dedi Lula da Silva.

U 22-iyun bo‘lib o‘tadigan o‘yinda kosta-rikaliklarni mensimasdan to‘p surish ham qimmatga tushishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Qolaversa, sobiq prezident Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronalduning ajoyib o‘yini va Germaniyaning Meksikadan mag‘lubiyatini ham eslab o‘tdi: «Ikkita haqiqat birinchi turdayoq isbotini topdi: Germaniya yengilmas emas, Ronaldu esa yulduz futbolchilar orasida haqiqatan ham shu nomga loyiq».

Eslatib o‘tamiz, Braziliya federal oliy sudi 2018-yilning aprel oyida Lula da Silvani korrupsiyaga oid jinoyatlari uchun 12 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Keyinchalik, garchi qamoqda bo‘lsa-da, ashaddiy futbol muxlisi sanalgan sobiq prezident JCh-2018 o‘yinlarini sharhlab borishi haqida OAVda xabarlar paydo bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring