So‘rov: Rossiyalik muxlislar o‘z jamoalari Xorvatiyani mag‘lub etishiga ishonmoqda
Rossiya aholisining aksariyati milliy terma jamoaning chorak finalda Xorvatiyani yutib chiqishiga ishonmoqda. Bu haqda «AiF» so‘rovnoma natijalariga asoslanib xabar berdi.
Rossiyaning chorak finaldagi g‘alabasiga so‘rovda qatnashganlarning 56 foizi ishonadi, 15 foiz respondent esa xorvatlar g‘alaba qiladi degan fikrda. So‘rovda qatnashganlarning 10 foizi esa durangni kutmoqda. Yana 19 foiz bu savolga javob berishga qiynalgan.
Telefon so‘rovnomasi 4 iyul kuni tashkil etilgan bo‘lib, unda 18 yoshdan oshgan 1600 nafar rossiyalik ishtirok etgan.
Xorvatiya va Rossiya o‘rtasidagi chorak final uchrashuvi 7 iyul kuni o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter