Rossiya Tereza Meyni yana JCh-2018ga taklif etdi
Rossiya Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyga jahon chempionati o‘yinlariga tashrif buyurish va Angliya terma jamoasi chorak finalga yetib kelgani sabab chempionatga e’lon qilingan boykotni yakunlash uchun yangi taklifnoma yubordi.
Dauning-stritda ma’lum qilinishicha, futbol bo‘yicha jahon chempionatiga bormaslik qarori hamon o‘z kuchida qolmoqda va Britaniya hukumati hamda qirollik oilasi vakillari Rossiyaga kelish niyatida emas.
Buyuk Britaniya Solsberida Sergey Skripal va uning qiziga qilingan suiqasddan so‘ng «JCh-2018»ga diplomatik maqomda boykot e’lon qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter