Hamma bir kishi uchun: bunaqa Daniyani to‘xtatish qiyin
JCh-2018 da ishtirok etayotgan Daniya terma jamoa himoyachisi Yonas Knudsenga mamlakat futbol ittifoqi tug‘uruqxonadagi xotinini ko‘rib kelishiga rad javobini berganiga jamoa a’zolari jim qarab turishmadi: ular Knudsen uchun o‘zlari pul yig‘ib, shaxsiy samolyot yollab vataniga jo‘natib yuborishdi, deb xabar bermoqda «Life.ru».
Yigirma besh yoshli Yonas Knudsenning rafiqasida to‘lg‘oq kutilganidan bir necha hafta avval boshlandi. Shu bois Rossiyadagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan futbolchi xotini va yangi tug‘ilgan qizalog‘ini ko‘rib kelish uchun zudlik bilan vataniga qaytishiga to‘g‘ri kelib qoldi.
«Seshanba kuni biz sog‘lom va chiroyli qizaloqqa ota-ona bo‘ldik. Hamma o‘zini yaxshi his qilyapti va biz jahon chempionatiga tayyormiz! Tabriklaringiz uchun rahmat», — deya Yonas muxlislariga «Instagram»dagi akkauntida minnatdorligini bildirgan.
Rafiqasi va qizchasi bilan o‘tkazgan baxtli onlaridan so‘ng Knudsen Rossiyaga qaytib keldi va Avstraliyaga qarshi o‘yinga hozirlik ko‘ryapti. O‘tkazib yubormang, Samara shahridagi bu uchrashuv bugun, 21 iyun kuni soat 17:00 da boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter