Maradona Argentina terma jamoasini tekinga boshqarishga rozi
![Maradona Argentina terma jamoasini tekinga boshqarishga rozi](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_1327666796.jpg)
Mashhur hujumchi Diyego Armando Maradona Argentina terma jamoasiga tekinga rahbarlik qilishini aytdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
«Men terma jamoaga qaytdim. Buning evaziga hech narsa so‘ramayman. Futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionatida men Braziliya terma jamoasining juda kuchli ekanini ko‘rdim. Hozir ular g‘oliblikka da’vogar. Menga Tite olib borayotgan ish juda yoqdi», – degan Maradona.
Maradona 2008 — 2010-yillarda Argentina terma jamoasi murabbiyi bo‘lgan.
2010-yili JARda o‘tkazilgan jahon chempionatida Argentina terma jamoasining muvaffaqiyatsizligidan so‘ng u jamoadan ketgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter