Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018. Rossiya ertagi tugadi

JCh-2018. Rossiya ertagi tugadi

Foto: «fifa.com»

Jahon chempionatining so‘nggi chorak final uchrashuvida Rossiya va Xorvatiya terma jamoalari bahs olib bordi. G‘olibni yarim finalda Angliya kutib turgandi.

Juda og‘ir o‘tgan uchrashuvda asosiy vaqtdagi, so‘ng qo‘shimcha taymdagi gollar bilan jamoalar penaltilar seriyasigacha yetib bordi.

Birinchi bo‘limda Denis Cherishev fantastik zarbasi bilan maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo bu ustunlik uzoq cho‘zilmadi. Xorvatiya tezkor hujum orqali muvozanatni tikladi. Manjukichning yurishi va aniq to‘p uzatishini Kramarich bosh bilan Akinfeyev darvozasiga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi taymda kurash ko‘proq maydon markazida kechdi. Faqat so‘nggi daqiqalarda xorvatlar biroz faollashdi. Lekin bu faollik golli vaziyat sodir yetish uchun yetarli bo‘lmadi.

Qo‘shimcha taymlarning birinchisida standart vaziyat xorvatlarga omad keltirdi. Himoyachi Vida bosh bilan ruslar darvozasini aniq nishonga oldi.

Qo‘shimcha taymlarning ikkinchisida endi standart vaziyatdan ruslar unumli foydalandi: himoyachi Fernandes bosh bilan gol urdi. Yana tenglik.

Penaltilar seriyasida esa omad Xorvatiyaga ko‘proq kulib boqdi.

JCh-2018, chorak final

Rossiya – Xorvatiya 2:2 (penaltilar bo‘yicha – 3:4)

Gollar: 1:0 – 31 Cherishev, 1:1 – 39 Kramarich, 1:2 – 100 Vida, 2:2 – 115 Fernandes.

Rossiya – Akinfeyev, Kutepov, Kudryashov, Fernandes, Ignashevich, Kuzyayev, Zobnin, Golovin (Dzagoyev, 102), Samedov (Yeroxin, 54), Cherishev (Smolov, 67), Dzyuba (Gazinskiy, 79).

Xorvatiya – Subashich, Lovren, Strinich (Pivarich, 74), Vrsalko (Chorluka, 97), Vida, Perishich (Brozovich, 63), Rakitich, Modrich, Rebich, Kramarich (Kovachich, 88), Manjukich.

Ogohlantirish: Lovren (35), Strinich (38), Vida (102), Gazinskiy (109), Pivarich (114).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring