Yevro-2020 g‘olibini oldindan aniqlashga urinib ko‘rishdi (video)
Londondagi ZSL hayvonot bog‘ida surikatlar yordamida Yevropa chempionati (Yevro-2020) finalida qaysi terma jamoa g‘olib chiqishini aniqlashga urinib ko‘rishdi.
Hayvonot bog‘i xodimlari yerga Angliya va Italiya bayrog‘ini o‘rnatib qo‘yishdi. Jonivorlar ulardan birini yiqitsa bas edi. Bayroqlar atrofida besh daqiqalar atrofida kuymalangan surikatlar oxir-oqibat Angliya bayrog‘ini qulatishdi. Ya’ni Angliya g‘alaba qozonadi, deyishmoqda. Holbuki, mantiqan olganda, bayroqning qulashi yaxshilik alomati emas...
Nima bo‘lganda ham barchasi ertangi finalda hal bo‘ladi. Navbatdagi Yevropa chempionini aniqlash uchun Italiya – Angliya finali 11-iyul kuni (Toshkent vaqti bilan 12-iyulga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi) bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun: futbol vatani deyiladigan Angliya hali hech qachon Yevropa chempioni bo‘lgan emas, faqat 1968 va 1996-yillarda bronza medallarni qo‘lga kiritgan. Inglizlar faqat bir marta Jahon chempioni bo‘lishgan — 1966-yilda.
Italiya terma jamoasi esa bu borada anchayin muvaffaqiyatli: bir marta Yevropa (1968-y.), to‘rt karra Jahon chempioni (1934, 1938, 1982, 2006-yillar). Uchinchi marotaba Yevropa chempionati finaliga chiqishdi, oldingilari: 2000 va 2012-yillarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter