Yuzga yaqin mototsikllar majaqlab tashlandi (video)
Nyu-York hukumati mototsikllarga urush e’lon qildi — quyidagi videoda bayklar (sport mototsikllari) buldozer zanjirlari ostida bir uyum temir-tersakka aylanganini ko‘rishingiz mumkin. Keyinchalik ularni hech tiklay olmasligi uchun shunday qilindi, deb xabar berdi «REN-TV».
Hukumat vakillari mototsikllarni o‘ta sershovqin va piyodalarni vahimaga soluvchi transport vositasi, deb hisoblashmoqda. Qolaversa, ular ekologiyani ham buzyapti, shu bois ko‘chalarda ularga o‘rin yo‘q.
2022-yil boshidan beri politsiya ikki mingga yaqin shunday transport vositalarini qo‘lga oldi. Nyu-York meri Erik Adams ko‘chalarni ekologiyani buzuvchi va piyodalarga xavf soluvchi transport vositalaridan tozalash uchun oxirigacha kurashishga bel bog‘lagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter