Toshkent shahar IIBB YHXB xodimiga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqda «IIO xodimi qoidani buzdi» sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot berildi.
Xabardagi fotosuratda Toshkent shahar IIBB YHXBga tegishli bo‘lgan «Kobalt» rusumli, 01 534 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili yo‘l harakati qoidalarining 91-bandini buzgan holda 1.4 (To‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi) yo‘l yotiq chizig‘i chizilgan joyda to‘xtab turganligi aks etgan.
Mazkur holat o‘rganilib, «Kobalt» rusumli, 01 534 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili biriktirilgan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi B.M.ga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter