Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyo‘lda 37 marta qoida buzgan Spark ushlandi

Yangiyo‘lda 37 marta qoida buzgan Spark ushlandi

Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan «oylik»ning 15 kuni davomida 589 ta transport vositasi belgilangan jarimalarni muddatida to‘lamaganligi uchun, qarzdorlik undirilgunga qadar jarima maydoniga joylashtirildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yangiyo‘l tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan Spark avtomobili YHQ buzganligi uchun to‘xtatib, elektron ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida, avtoulovning maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari orqali joriy yil davomida 37 marotaba qoidabuzarlik sodir etib, belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamay kelganligi aniqlandi. Avtoulov qarzdorlik undirilgunga qadar jarima maydoniga vaqtinchalik joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining MJtKning 291-moddasiga ko‘ra, «Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi».

Hozirda viloyat hududida shu kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring